2026 yil 2 iyul kuni Buxoro tuman axborot kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlangan kunga bag‘ishlangan“Gerbimiz mustaqillik va birdamlik timsoli”deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmasi tashkil etildi . Davlat ramzi – bu mustaqil davlat belgisidir. U davlat bayrog‘i, davlat gerbi, davlat madhiyasi, mamlakat milliy valyutasi, mamlakat Konstitutsiyasida va muhim qaror hamda an’analarda o‘z ifodasini topadi.O‘zbekiston o‘z mustaqilligining birinchi yilidayoq Davlat gerbiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi – mamlakatimiz davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.Ko‘rgazma bilan tanishgan kutubxona foydalanuvchilari O‘zbekiston Respublikasi davlatchilik tarixi, Davlat ramzlarining shakllanishi jihatlari va har bir mamlakat uchun Gerbning ahamiyati va mohiyati haqida ko’hplab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.



