Ilmning sehrli olamiga sayohat
2026-yil 11-sentabr kuni Buxoro tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 1- son umumta’lim maktabi o‘quvchilari axborot kutubxona markaaziga tashrif buyurishdi.
Kutubxonaning umumiy fondi va o‘quv zallari bo‘ylab qiziqarli tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi.
Sayohat bolalarda katta taassurot qoldirdi. Dastlab kutubxona xodimlari kutubxonalar haqidagi ilk maʼlumotlar bizga qadim zamonlardan kelganligi haqida so‘zlab berdilar. Bolalarning o‘zlari turgan kutubxona haqida, umuman mamlakatimiz kutubxonalari haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni tinglash maroqli bo‘ldi. Yosh tashrif buyuruvchilar tarixiy anʼanalar, milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan liboslar bilan ham tanishishdi. Jahon va milliy adabiyotning xilma-xil olamiga sho‘ng‘idilar. Kitob olamiga sayohat barcha o‘g‘il-qizlarda unutilmas taassurot qoldirdi.




