S. Ahmadning “Hijron kunlari” romani taqdimoti. Buxoro tuman axborot kutubxona markazining Rabotqalmoq MFY da joylashgan tarmog‘ida Buxoro DU tabiiy fanlar va agrotexnoligiya fakultetining I- kurs talabalari ishtirokida Said Ahmadning mashhur ‘Ufq’ trilogiyasining ikkinchi kitobi boʻlgan “Hijron kunlari” kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda kutubxona mutaxasisi ushbu romanda Ikkinchi jahon urushi davridagi oʻzbek xalqining hayoti, front ortidagi mashaqqatli mehnati va ayriliq iztiroblari mahorat bilan tasvirlanganligi, urush yillaridagi ogʻir ijtimoiy manzara, insonlar oʻrtasidagi murakkab munosabatlar va vatanparvarlik tuygʻulari, Tursunboy, uning ota-onasi hamda boshqa qahramonlar taqdiri orqali ochib berilganligi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdi va ushbu kitobni o‘qishni tavsiya etdi.




