🤝 Uçraşuv davomida kitobning inson hayotidagi beqiyos örni, mutolaaning dunyoqaraşni kengaytiriş, mustaqil fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş va ma’naviy kamolotga erişişdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
📚 Yoşlar özlari mutolaa qilayotgan kitoblar, sevimli adiblari va asarlari haqida fikr almaşib, kitobxonlik borasidagi tajribalari bilan örtoqlaşdilar. Şuningdek, yoşlarni muntazam kitob öqişga, ilm olişga va ezgu maqsadlar sari intilişga çorlovchi tavsiyalar berildi. Tadbir söngida kitobxonlar bilan anketa savollaridan iborat sörovnoma ötkazildi. ⚡️⚡️Bir söz bilan aytganda, bugun kitob öqiyotgan yoşlar kam emas. Ilm yölida harakat qilayotgan yigit-qizlar soni ham talaygina. Kitobxon yoşlar esa kelajagimizni yaratayotgan avlod sifatida Yangi Özbekistonning istiqboli, yangi marralarning asosçilaridirlar.



