Buxoro tumanida Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan bayramona tadbir o‘tkazildi
Buxoro tumanida Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan bayramona tadbir o‘tkazildi

Buxoro tumanida Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan bayramona tadbir o‘tkazildi

30-iyul — Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan Buxoro tumani hokimligida do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan bayramona madaniy tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirda tinchlik va totuvlik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikning jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni, turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ahillikning yuksak qadriyat ekani haqida so‘z yuritildi.

Bayram tadbiri davomida Buxoro tuman axborot kutubxona markazi tomonidan do‘stlik va mehr-oqibatni tarannum etuvchi adabiyotlardan kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Madaniyat uyi xodimlaari tomonidan kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar hamda madaniy dasturlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *