“Badiiy asar bilimdoni”
“Badiiy asar bilimdoni”

“Badiiy asar bilimdoni”

Respublikamizda kitob oʻqish madaniyatini keng targʻib qilish, yangi nashrlar va tarjimalarni yoʻlga qoʻyish hamda aholi orasida kitobga qiziqishni kuchaytirish, kutubxonalar va taʼlim dargohlarini kasbiy va sohaviy adabiyotlar bilan taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvarda “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” dagi PQ-9 sonli qarori qabul qilinganligi barcha kitob ixlosmandlariga malumdir. Ushbu qaror ijrosini taminlash maqsadida 25 aprel kuni bugun tuman “Kelajak maktabi” mutaxasislari o‘rtasida “Badiiy asarlar bilimdoni” musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada ishtirokchilarga bir oy avval mutolaa uchun tavsiya qilingan “Temur tuziklari”, “Yaldo kechasi”, Alkimyogar” asarlari yuzasidan savollar berilib, ularning bu kitoblarni goyasini qanday tushunganliklari, qaysi epizodlardan tasirlanganliklari hamda bu asardan ozlariga qanday manfaat olganliklari sinovdan otkazildi. Eng qiziqarlisi, savollarni ishtirokchilarning ozlari bir-birlariga berib, tadbirni yanada jonlantirdilar va yigilganlarda bu kitobni oqishga qiziqish uygotdilar. Goliblar esdalik sovgalari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *