Milliy qadriyatlar-  xalqimiz faxri
Milliy qadriyatlar-  xalqimiz faxri

Milliy qadriyatlar-  xalqimiz faxri

Buxoro tuman axborot-kutubxona markazida keng kitobxonlar ommasi uchun joriy yilning 10 sentyavr kuni  “Milliy qadriyatlar-  xalqimiz faxri ” mavzusida  rasmli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.
Ushbu ko’rgazma xalqimizning boy tarixi, ko’p asrlik milliy qadriyatlari va bebaho ma’naviy merosini keng targ’ib etishga xizmat qilmoqda. Ko’rgazmadan milliy urf-odat va an’analarimizni o’zida mujassam etgan buyumlar,  amaliy san’at asarlari hamda mavzuga oid sara adabiyotlar munosib o’rin oldi.
Ko’rgazmaga tashrif buyurgan kitobxonlar milliy merosimiz bilan yaqindan tanishib, ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy boyliklarning mazmun-mohiyati va tarbiyaviy ahamiyati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lmoqdalar. Ayniqsa, yoshlarda milliy o’zlikni anglash, Vatanga muhabbat, tarix va madaniyatimizga hurmat tuyg’ularini mustahkamlashda ko’rgazma muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *