Bugun maktabimizga Buxoro tuman axborot-kutubxona markazi mehmon bo‘ldi. 📚 Kutilmagan bu tashrif o‘quvchilarimiz uchun yangi bilimlar olamiga yo‘l ochdi! 🤩
✅ Zamonaviy kutubxonachilik va axborot manbalari haqida qiziqarli taqdimot;
✅ Javlon Jovliyevning ruhlantiruvchi “Qo‘rqma” kitobining taqdimoti;
✅ O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ayniqsa, “Qo‘rqma” kitobi o‘quvchilarimizda matonat va jasorat tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi. 💪
Kutubxona — bu faqat kitoblar joyi emas, balki bilim va ilhom manbaidir! 💡






