
2026-yilning 30-aprel sanasida Buxoro tuman axborot kutubxona markazida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shioti ostida ma’naviy ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Gala osiyo, Do‘stlik, Mustaqillik MFY faollari F. Ibragimova, A. Haydarova, R. O‘rinova, D. Shukurova, M. Yorova, G. Sharipova hamda axborot kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi globallashuv davrda dunyo miqyosida kuchayib borayotgan turli yot g‘oyalar, diniy ekstremizm va radikal oqimlarning yoshlar ongiga salbiy ta’siri haqida batafsil to‘xtalib o‘tdilar. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan noto‘g‘ri ma’lumotlar va buzg‘unchi chaqiriqlarga nisbatan ogohlikni oshirish, yoshlarning mustahkam hayotiy pozitsiyasini shakllantirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlarni bunday tahdidlarga qarshi turishda eng samarali vosita — bu ma’rifat, bilim va ko’p kitob o’qish ekanligi qayd etildi.



