1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ko‘rgazma Buxoro tuman axborot-kutubxona markazida “Bolalik beg’uborlik timsoli ” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmada bolajonlar uchun mo‘ljallangan ertaklar, she’rlar, qiziqarli hikoyalar, bolalar adabiyotining sara namunalari hamda ma’naviy-ma’rifiy kitoblar o‘rin olgan. Ko’rgazmadan asosiy maqsadimiz yosh avlodga kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iboratdir.


