“Ilmning sehrli olamiga sayohat”
“Ilmning sehrli olamiga sayohat”

“Ilmning sehrli olamiga sayohat”


Joriy yilning 10- iyun kuni Buxoro tuman axborot kutubxona markaziga 1-son maktab o‘quvchilari sayohat qildilar. Kutubxonaga sayohat ular uchun bilim olamiga haqiqiy sayohatga aylandi. Dastlab kutubxona xodimlari kutubxonalar haqidagi ilk maʼlumotlar bizga qadim zamonlardan kelganligi haqida so‘zlab berdilar. Baʼzi maʼlumotlarga ko‘ra, birinchi kutubxona Janubi-G‘arbiy Osiyoda, Mesopotamiyadan Misrgacha bo‘lgan hududda paydo bo‘lgan. Shuningdek, eng qadimgi kutubxona Xitoyda aniqlangan. Garchi eng birinchi kutubxonani Shumer davridagi qadimiy loy lavhalar ombori deb atash mumkin. Bolalarning o‘zlari turgan kutubxona haqida, umuman mamlakatimiz kutubxonalari haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni tinglash maroqli bo‘ldi. Yosh tashrif buyuruvchilar tarixiy anʼanalar, milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan kitob ko’rgazmalar bilan ham tanishishdi. Kitob olamiga sayohat barcha o‘g‘il-qizlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *