Gender tenglik – taraqqiyot kafolati
Gender tenglik – taraqqiyot kafolati

Gender tenglik – taraqqiyot kafolati

Buxoro tumani axborot- kutubxona markazi tomonidan joriy yilning 3- iyul kuni “Gender tenglik – taraqqiyot kafolati” mavzusida semenar trening mashgʻuloti o’tkazildi. Mashg’ulotda Respublika ilmiy- amaliy psixologik markazi Buxoro viloyati xodimi psixolog D. Xudoyqulova, Buxoro tuman Davlat xizmatlari huzuridagi xotin – qizlar maslahat guruhi eksperti H.Ramazonova,Gala osiyo MFY xotin-qizlar faoli D. Shukurova, mahalla xotin qizlari, axborot kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdilar.Mashg‘ulotda bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlarni taʼminlash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani, gender tenglikka erishishda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yanada kuchaytirish masalasi davlat va jamiyatning doimiy diqqat markazida turganiga eʼtibor qaratildi.Trening mashgʻulotlari davomida ishtirokchilar maʼruzachi tomonidan berilgan turli topshiriqlar, keyslarga oʻzlarining munosabatini bildirdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *