Maʼnaviy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi kitob koʻrgazmalari xalqimizning boy tarixi, milliy anʼanalari va madaniy merosini yoshlar ongiga singdirishda muhim oʻrin tutadi.
Buxoro tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan 2026-yilning 12-avgust kuni «Milliy va maʼnaviy qadriyatlarimizni yo‘qotmaylik» mavzularida maʼrifiy ko‘rgazma tashkil etildi.
Milliy va maʼnaviy qadriyatlar — har bir xalqning oʻzligi, boy tarixi hamda madaniy qiyofasini namoyon etuvchi mustahkam poydevordir.
