Joriy yilning 8- sentyabr kuni Buxoro tuman “Galaosiyo” mahallasida Falsafa fanlari doktori, professor G.Yunusova, Psixologiya fanlari doktori, professor Z.Xasanova, DXX xodimi L.Do’stova, viloyat IIB xodimi X.Hayitova, viloyat Diniy qo’mita mutaxassisi Sh.Ma’murova, viloyat bosh otinoyisi R.Baxronova, Oila va xotin-qizlar tuman bo’limi boshlig’i F.Akiyeva, tuman IIB xodimi L.Muhsinova, tuman axborot kutubxona markazi rahbari S.Rajabova va Targ’ibot guruhi a’zolari hamkorligida xotin-qizlar oʼrtasida ma’naviy muhitni yaxshilashga qaratilgan targʼibot tadbiri oʼtkazildi.Tadbir davomida ishtirokchilarga xotin-qizlarning turli yot g’oyalarga berilmaslik, kiberfiribgarlik jinoyatlari qurboni boʼlib qolmaslik, oila muqaddasligi, nizoli oilalarda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan salbiy holatlar borasida tushuntirish ishlari olib borildi.




