Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi, adabiyot esa qalblarni ezgulikka chorlovchi bebaho xazinadir! Joriy yilning 16- oktyabr kuni Buxoro tuman Axborot-kutubxona markazida taniqli o‘zbek yozuvchisi Odil Yoqubov tavalludining yuz yilligiga bag‘ishlab “Odil Yoqubov betakror asarlar muallifi” deb nomlangankitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma oldida yosh kitobxonlarga Odil Yoqubovning hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda boy adabiy merosi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, adibning xalqimiz ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutgan asarlari bilan yaqindan tanishtirildi va yozuvchining o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi hamda asarlarining tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr almashildi.



