Buxoro tumani Yoshlar markazida yosh oilalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yosh avlodni mutolaaga keng jalb etish hamda oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsadida “Kitobxon oila” tanlovi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tanlov davomida ishtirokchi oilalar o‘zlarining kitobga bo‘lgan mehrini, bilim va dunyoqarashini namoyon etdilar. Ayniqsa, oilaviy mutolaa va kitobxonlikning farzand tarbiyasidagi o‘rni yana bir bor yaqqol namoyon bo‘ldi. Tanlov yakuniga ko‘ra, Joʻrayevlar oilasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘olib oilaga I darajali diplom hamda kitoblar to‘plami tantanali ravishda topshirildi.



