Buyuk alloma  qomusiy olim
Buyuk alloma  qomusiy olim

Buyuk alloma  qomusiy olim

Joriy yilning 10 – avgust kuni Buxoro tuman Axborot kutubxona markazida Sharqning ulug‘  allomasi Abu ali Ibn Sino tavalludining 1046 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk alloma  qomusiy olim” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil qilindi. Ko’rgazmada Abu ali Ibn Sinoning  “Kitobash-shifo”, “Tib qonunlari” to‘plami, “Sharq tabobati”, “Dorivor o‘simliklar risolasi”, “Yurak dorilari risolasi”, “Sog‘liqni saqlashga doir risolalar” kitoblari va ibn Sino hayoti haqida hikoya qiluvchi kitoblar o‘rin olgan. Ularda turli kasalliklar belgilari, ularning oldini olish va davolash usullari berilgan. Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar mutafakkir, tabib, ustoz va davlat arbobi maqomini o‘zida mujassam qilgan inson haqida va mamlakatimizda ibn Sinoning 1046-yillik tavalludi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida ko‘pgina qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *