
Joriy yilning 17 iyun kuni Buxoro tuman axborot kutubxona markazi tuman Nuroniylar va ma’naviyat maskanida, tuman Oila va xotin-qizlar bo’limi, “Nuroniy” jamg’armasi tuman bo’limi bilan hamkorlikda “Bir oila — bir kitob” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda onalar o’zlarining eng sevimli kitoblari bilan bo‘lishib, kitobxonlikning bolalar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini muhokama qildilar. Shuningdek, kitob o’qishning foydalari, uning farzandlar rivojlanishidagi roli haqida suhbatlar o‘tkazildi. Bu yig‘ilishlar onalarga o ‘zlarining kitoblar bilan bog’liq tajribalari bilan o’rtoqlashish imkoniyatini yaratadi va o’zaro fikr almashish orqali yanada ko’proq bilim olishga yordam beradi.Tadbir davomida turli yoshdagi bolalar va onalar uchun mo’ljallangan kitoblar tavsiya etildi. Har oyda o’tkaziladigan bu tadbirlar nafaqat onalar va bolalar uchun, balki kitobxonlikni sevuvchi barcha uchun katta ahamiyatga ega bo’lib, o’qishning quvnoq va foydali taraflarini keng targ’ib etadi.

