
Buxoro tuman axborot kutubxona markazi 2026-yil may oyida turli mavzulardagi soha adabiyotlari, bolalar adabiyoti va xilma-xil janrlarda yozilgan badiiy adabiyotlar bilan boyitildi. Bugun 19- may kuni “Tanishing, yangi adabiyotlar!” nomli targ’ibot tadbiri o‘tkazildi. Kutubxona mutaxassisi Sh.Oripova tomonidan S. Ahmadning “Hijron kunlari”, Jaloliddin Rumiyning “Nay nolasi” va “Hikmatlar” kitobi, S. She’roziyning “Guliston-bo‘ston”, O. Maxmudovning “Farzandnoma”, U. Muslimning “Binafsha shu’lasi”, K. Sindarovning “Temuriylar kutubxonasi siri” kitoblarining targ’iboti olib borildi. Tadbirda BuxDU talaba yoshlari ishtirok etdilar.


