“Xotira-muqaddas-qadrlash burch!” xotira kechasi
“Xotira-muqaddas-qadrlash burch!” xotira kechasi

“Xotira-muqaddas-qadrlash burch!” xotira kechasi


Yurtimizda 9 may-Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Hamma narsa inson uchun, uning manfaatlari uchun degan ezgu maqsad istiqlol yillarida hayotimizda mustahkam o‘rin egalladi. Zotan bugun O‘zbekiston inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati ulug‘lanadigan buyuk mustaqil davlatga aylandi. Shu aziz bayram munosabati bilan 5 may kuni Buxoro tuman axborot kutubxona markazi o'quv zalida “Xotira-muqaddas-qadrlash burch!” mavzusida xotira kechasi o‘tkazildi. Tadbirda xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug fazilatlaridan biri ekanligi, el-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘ida ekanligi haqida so’z yuritildi. O‘zbek adabiyoti rivojiga hissa qo’shgan aziz siymolar, shoir va yozuvchilar esga olindi. O‘quvchilar inson xotirasi, insonni qadrlash, ulug’lashga bag’ishlangan she’rlardan yod oldilar, monologlar ijro etdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *