Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”dir. Necha ming yillardan buyon sayqallanib, ne-ne avlodlarga yo‘lchi yulduzdek to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan yuqoridagi kabi hikmatlarning negizidagi asl haqiqat shuki, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli, baxtli va davlatli bo‘lishining muhim omili–bu kitobga do‘st bo‘lish, hamisha kitob o‘qish va kitob mutolaasini umr bo‘yi kanda qilmaslikdir. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilayotgan “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasining maqsadi ham shundan iborat. Bugun Buxoro tuman axborot kutubxona markazi tarmog’i mutaxasisi Z.Qudratova tomonidan “Rabotqalmoq” mahallasi aholisi o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Katta yoshdagi kitobxonlar , bolalar va o’smirlar uchun turli xildagi badiiy , ilmiy va ertak kitoblar o’qish tavsiya qilindi.



