“Buyuklar haqida 100 ta dalil” mavzusida Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda ma’naviy ko‘makchilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida buyuk ajdodlarimiz — Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ilm-fan, adabiyot va madaniyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida qiziqarli va ibratli ma’lumotlar berildi.
Ishtirokchilar ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosi bilan tanishib, ularning hayoti va faoliyatidan o‘rnak olish, ilmga intilish, kitob o‘qish va ma’rifatli bo‘lish muhimligi haqida fikr almashdilar.
Buyuk ajdodlar merosi — avlodlar uchun bebaho ma’naviy xazinadir!



