Bu vaqt o‘quvchilar uchun nafaqat dam olish, balki sevimli kitoblari bilan do‘stlashish uchun qulay fursatdir. Shu munosabat bilan bugun 4- iyun kuni axborot kutubxona-markazi mutaxassislari 1-son umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o‘quvchilari bilan qiziqarli suhbat o‘tkazdilar.
Suhbat davomida mutaxassislar jajji kitobxonlarga yangi nashr etilgan A.Obidjonning “Mo‘ttivoy”, S.Vangeliyninng “Gugutsening sarguzashlari”, jahon xalq ertaklaridan “Donishmand vazir”, P. Mo‘minnig “Bolajon, bolajonim”, Sharq xalq ertaklari “Uch o‘g‘il va xazina”, “O‘simliklar olami” “Tulki echki va xo‘roz”, X. To‘xtaboyevning “Sir ochildi”, “Ikki qaysar echki”, “Oq qovunning bolasi” ertak kitoblarini va bolalarga mo’ljallangan qiziqarli , rang-barang ensiklopedik kitoblarni o‘qish uchun tavsiya qildilar.
Maqsadimiz – bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini sehrli kitoblar olamida, foydali va mazmunli o‘tkazishlariga ko‘maklashish.





